Qonunçilikka köra, davlat tibbiyot muassasalari faoliyatida yangi iş rejimi amaliyotga tatbiq etiladi. Unga asosan, muassasalarning asosiy iş faoliyati 5 kunlik iş haftasi asosida taşkil qilinadi.
Şu bilan birga, aholiga tibbiy xizmat körsatişda uziliş bölmasligi uçun bayram va dam oliş kunlarida navbatçilik tizimi yölga qöyiladi. Bu orqali şifoxonalar va boşqa davlat tibbiyot muassasalari zarur holatlarda faoliyatini davom ettiradi.
Mazkur tartib tibbiyot muassasalarida iş jarayonini samarali taşkil etiş, xodimlarning mehnat yukini maqbullaştiriş hamda xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşga qaratilgan. Şuningdek, bu özgariş aholi uçun tibbiy yordam oliş imkoniyatlarini çeklamasligi ta’kidlanmoqda.
Yangi tizimga köra, iş kunlari davomida davlat tibbiyot muassasalari odatiy tartibda faoliyat yuritadi. Dam oliş va bayram kunlarida esa tibbiyot xodimlari maxsus navbatçilik jadvali asosida xizmat körsatadi.
Uşbu özgarişlar davlat tibbiyot muassasalari faoliyatida iş vaqti rejimini tartibga soliş, xodimlar uçun qulay mehnat muhitini şakllantiriş va aholiga körsatiladigan tibbiy xizmat barqarorligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.








