Sudanda Ad-Dueym şahridagi şifoxonaga qilingan hujum oqibatida kamida 64 kişi, jumladan 13 nafar bola halok bölgan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus 21 mart, şanba kuni X tarmoğidagi mikroblogida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, yana 89 kişi, jumladan 8 nafar tibbiyot xodimi yaralangan.

2023 yil aprelidan buyon Sudan Qurolli kuçlariga qarşi uruş olib borayotgan Sudandagi harbiylaştirilgan isyonçi guruh — Tezkor harakat kuçlari (RSF) şifoxonaga qilingan hujumda Sudan armiyasini aybladi. RSF iddaosiga köra, hujumda turk dronlaridan foydalanilgan. Sudan Qurolli kuçlari esa bu ayblovlarni rad etib, RSF'ga qarşi kuraşda xalqaro qonunlar va qoidalarga amal qilayotganini bildirdi.

Ad-Dueym şahri Sudanning ğarbiy qismidagi Şarqiy Darfur viloyatida joylaşgan bölib, u RSF isyonçi kuçlari nazorati ostida. JSST ma’lumotiga köra, mahalliy şifoxonaga, u yerda bölajak tibbiyot xodimlari tahsil olayotgan paytda, 20 mart kuni keçqurun hujum qilingan. Tibbiyot muassasasi “oğir qurollar”dan öqqa tutilgan.

Hujum natijasida bolalar bölimi, tuğuruq bölimi va şoşilinç tibbiy yordam bölimi zarar körgan. Gebreyyesusning aniqlaştirişiça, bir nafar şifokor, ikki nafar hamşira va köplab bemorlar halok bölgan. Katta zarar yetkazilgani sababli şifoxona hujumdan keyin öz faoliyatini qayta tiklay olmagan.

BMTning Sudandagi humanitar masalalar böyiça vakolatxonasi şifoxonaga qilingan hujumdan “larzaga tuşganini” bildirdi.

2023 yil aprel örtalaridan buyon jang harakatlarining yangi bosqiçi tufayli Sudan eng dahşatli humanitar falokatlardan birini boşdan keçirmoqda. Kuz faslida Al-Faşer şahri (Şimoliy Darfur viloyati) isyonçi Tezkor harakat kuçlari tomonidan egallanganidan keyin tinç aholiga qarşi ommaviy qotilliklar va şafqatsizliklar sodir etilgan hududga aylandi.

Mojaroning keskinlaşuvi RSF va Sudanning muntazam armiyasi — SAF RSF bölinmalarini qurolli kuçlar tarkibiga qöşiş şartlari borasida kelişa olmaganidan keyin boşlangan.

Humanitar taşkilotlar va BMT ma’lumotlariga köra, mojaro qurbonlari soni 140 ming nafardan oşgan. Sudanning 51 millionlik aholisining taxminan yarmi xorijiy humanitar yordamga muhtoj.

JSST ma’lumotiga köra, 2023 yildan beri Sudanda tibbiyot muassasalariga qilingan 213 ta hujum natijasida 2036 kişi halok bölgan.