Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoqa ushlaysan: Amerikalik jodugarlar Trampni "issiq-sovuq" qilishmoqchi
Foto: Eloy Alonso / Reuters
Amerikalik jodugarlar, afsun o‘quvchilar va "boshqa sehr-jodu qo‘llovchilar" AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi birlashishga qaror qilishdi. Bu haqda WND nashri xabar bermoqda.
Ular Tramp va unga yordam beruvchilarning "qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yishga" qaratilgan marosimlarni har oy qaytayotgan oy vaqti yarimtunda, Tramp o‘z ishchi xonasini tark etgan vaqtda o‘tkazishni tavsiya qilishmoqda. Bunday birinchi "issiq-sovuq qilish" marosimi 25 fevralga o‘tar kechasi (Toshkent vaqti bilan 26 fevral soat 10:00) o‘tkazilmoqchi.
Ta'kidlanishicha, bunday marosimlar Tramp prezident lavozimidan chetlatilmaguncha davom ettirilaveradi. Jodugarlar hattoki Facebook’da Trampga qarshi marosimlarga bag‘ishlangan sahifa ochishdi. Bu sahifadagi xabarlarda Trampga qarshi o‘tkazish taklif qilinadigan turli marosimlar ta'riflab berilgan.