Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy fuqarolarga O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun jarima solinishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy sayyohlar mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini buzgan taqdirda ularga nisbatan, rahbar shaxslar va xorijiy fuqarolarni taklif qilgan O‘zbekiston fuqarolariga ma'muriy jazo qo‘llash bo‘yicha qonun qabul qilinishi mumkin. Ma'muriy jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan 50 baravarigacha bo‘ladi.
Ayni paytda, xorijlik sayyohlarni qabul qiluvchi turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari sayyohlarning O‘zbekiston hududida bo‘lib turishi va xatti-harakatlari uchun to‘liq mas'ul hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qoidabuzarlik holati aniqlanganda, mazkur sub'yektlarga eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan 100 baravarigacha jarima solinishi mumkin.
Biroq, ushbu majburiyatni bevosita va to‘liq bajarishning imkoni yo‘q. Chunki, bu tashkilotlar sayyohlarning kechki va tungi vaqtlarda harakatini nazorat qilish imkoniga ega emas. Shunga ko‘ra, ular sayyohlar bilan shartnoma doirasida javobgardir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartishlar kiritish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylashtirilgan «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida so‘z yuritilgan.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026