Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada toshqinlar oqibatlarini bartaraf etishga 1 mlrd dollardan ko‘proq sarflanadi
AQShning Kaliforniya shtatida yirik toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida katta zarar yetgan infratuzilma obektlarini ta'mirlash ishlari qiymati 1 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi. Bunday raqamlarni 25 fevralda shtat rahbariyati ma'lum qildi.
Shtat gubernatorining moliyaviy maslahatchisi Maykl Koenning aytishicha, pullarning katta qismi federal hukumat tomonidan taqdim qilinadi. Koen gap 1 mlrd dollar haqida ketayotganini aytdi va Orovill ko‘lidagi to‘g‘onni tiklash bo‘yicha ishlarning aniq qiymati hali hisoblab chiqilmaganini ta'kidlab o‘tdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gap 200 mln dollar haqida ketishi mumkin.
Shtat transport boshqarmasi vakilining aytishicha, ajratiladigan 1 mlrd dollardan 600 mln dollari tabiiy ofatdan vayron bo‘lgan yo‘llar va ko‘priklarni tiklash uchun sarflanadi.
Avvalroq Kaliforniyaning ba'zi hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar San-Xose shahri va uning atrofidagi yerlardan 14 ming kishining evakuatsiya qilinishiga olib kelgani ma'lum qilingandi. Yo‘l qoplamasining vayron bo‘lishi va yer ko‘chkilari yuz berishi xavfi sababli Yosemit milliy bog‘i orqali o‘tuvchi ko‘pchilik yo‘llar yopib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026