Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiprda 11 yil avval izsiz g‘oyib bo‘lgan britaniyalikning suyaklari quduqdan topildi
Kiprda 11 yil muqaddam izsiz g‘oyib bo‘lgan 20 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosi Stiven Kukning jasad qoldiqlari topildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.
Aniqlik kiritilishicha, suyaklar 16 fevral kuni Malia qishlog‘ida mahalliy aholi vakillari quduqni tozalash ishlarini boshlashgach topilgan.
Genetik tahlil halok bo‘lgan inson izsiz g‘oyib bo‘lgan britaniyalik ekanini tasdiqladi. Suyaklar Kukka tegishli ekanini uning akasi ham tasdiqlagan.
Xabar qilinishicha, quduqda charm kamar va kamera ham topilgan. Erkakning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
13:33 / 15.01.2026
Kiprda “Uralkaliy” sobiq rahbari yo‘qolishi: erkak kishining jasadi topildi
16:35 / 13.01.2026
Kiprda “Uralkaliy” sobiq rahbari Vladislav Baumgertner bedarak yo‘qoldi
09:44 / 13.01.2026
Kipr: ma’muriyat rahbari va prezidentning rafiqasi iste’foga chiqdi
15:52 / 16.05.2025