Simeone yaralangan «Barselona»ga qarshi, fransuzcha «klasiko» va haftaning boshqa eng muhim uchrashuvlari haqida
Taqvim tuzilgan paytda fevralning so‘nggi haftasi so‘zsiz eng muhim uchrashuvlardan iborat bo‘lishi kutilgandi. Biroq «Manchester Yunayted»ning Angliya liga kubogi finaliga yo‘llanma olishi APLning so‘nggi yillardagi eng yorqin o‘yinlaridan biriga aylangan Manchester derbisini boshqa muddatga ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, hafta davomida qiziqarli o‘tishi kutilayotgan uchrashuvlar yetarlicha bo‘lishi kutilmoqda. Tribuna.Uz qishning so‘nggi uik-endidagi eng markaziy uchrashuvlar anonsi bilan tanishtirib o‘tadi.
«Inter» – «Roma» (27 fevralgacha o‘tar kechasi, 00:45, Sport, Match TV)
Italiya A seriyasining markaziy uchrashuvi Milanda bo‘lib o‘tadi. Chempionatning eng sermahsul ikki jamoasi Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda eng muhim uchrashuvlarini o‘tkazishadi. «Inter» YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun bu uchrashuvda g‘alaba qozonishi shart. «Roma» esa «Yuventus»ga yetib olish imkoniyatini butunlay yo‘qotmasligi uchun ham bu uchrashuvni muvaffaqiyatli yakunlashi shart.
Milanliklar hozir yuqori sport formasiga kirib ulgurishgan «San-Siro»dagi so‘nggi 12 uy uchrashuvining 11tasida jamoa g‘alaba qozondi. Ammo «bo‘rilar» ham mehmonda yomon o‘yin ko‘rsatishmayapti. Jamoa mehmonda o‘tkazgan so‘nggi beshta uchrashuvning 4tasida gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozongan. Milanda «Roma» so‘nggi marta 2013 yilning oktabr oyida g‘alaba bilan qaytgan. Ikkala jamoa o‘rtasidagi Milandagi uchrashuvda 2011 yilning sentabridan buyon durang natija qayd etilmagan. Ikki jamoaga ham g‘alaba suv va havodek zarur bo‘lgan holatda natija qanday bo‘lishini yakshanba oqshomida bilib olamiz.
«Atletiko» – «Barselona» (26 fevral, 20:15, UzReport)
Ispaniyada so‘nggi yillarning eng markaziy uchrashuvi. Vaqti kelganda afsonaviy «El-klasiko» bilan raqobatlasha oladigan mazkur qarama-qarshilik bu yil ham qiziqarli o‘tishiga shubha qilmasak bo‘ladi. So‘nggi kunlarda muammolar girdobida qolgan, «Barselona», yuqori sport formasiga chiqib olgan Diyego Simeone jamoasi sinovidan o‘tadi. Enrike uchun o‘ta yuqori bosimdan chiqib ketish uchun bu uchrashuvda g‘alaba har doimgidanda ko‘proq zarur.
«Barselona»ga qarshi uchrashuvlarda Ispaniya doirasidagi musobaqalarda, butunlay boshqa «Atletiko»ni ko‘rsak, yevrokuboklarda butunlay boshqa «Atletiko»ni ko‘ramiz. Madridliklar Ispaniya doirasidagi (la-liga, kubok, superkubok) «Barselona»ga qarshi uchrashuvlarda o‘z uyida 2010 yildan buyon g‘alaba qozona olmayapti. O‘shandan buyon o‘tkazilgan 9 uchrashuvda jamoa 7 marta mag‘lubiyatga uchrab, 2 bor durang natija qayd eta olgan xolos. YeChL esa barchasi boshqacha. Musobaqa doirasidagi so‘nggi ikkita o‘yinning ikkalasida ham jamoa kataloniyaliklardan ustidan g‘alaba qozongan.
Yakshanba kungi uchrashuvda Simeone shogirdlarida 7 yillik muvaffaqiyatsiz seriyaga yakun yasash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
«Vilyarreal» – «Real» (27 fevralga o‘tar kechasi, 00:45, UzReport)
O‘tgan haftaning o‘rtasidagi ikkala jamoa ham dam olishga ulgurgani yo‘q. «Vilyarreal» Yevropa Ligasi doirasida Rimda «Roma» mehmoni bo‘ldi. O‘z uyidagi yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa mehmonda g‘alaba qozongan bo‘lsada, musobaqa bilan xayrlashdi. Endi jamoa bor e'tiborini milliy chempionatga qaratishi va YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun harakat qilishi lozim. Jamoani bu yo‘lda juda jiddiy sinov kutib turibdi. Biroq «Real»da ham barchasi joyida deb bo‘lmaydi. Hafta o‘rtasida jamoa qoldirilgan uchrashuvlarning birida «Mestalya»da «Valensiya»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Rafael Varan uzoq muddatga safdan chiqdi.
«Sariq suvosti kemasi» o‘z uyida «Real»ga qarshi doimiy ravishda muvaffaqiyatli o‘ynay olmaydi. Ketma-ket besh uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriyadan keyin jamoa nihoyat o‘tgan mavsumda 2015 yilning dekabrida madridliklarni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu g‘alabaga qadar jamoa so‘nggi marta o‘z uyida «Real» ustidan 2009 yilning mayida g‘alaba qozongandi.
Marsel – PSJ (27 fevralga o‘tar kechasi, 01:00, Match! Futbol 1)
27-turning eng markaziy uchrashuvi Marselda bo‘lib o‘tadi. So‘nggi paytlarda «PSJ»ning yaqqol ustunligi ostida o‘tayotgan qarama-qarshilikda bu safar mezbonlarning imkoniyati ham yuqori baholanmoqda. Jamoa infratuzilmasida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Klubda yetarlicha mablag‘ bor. Qishki transferlar paytida marselliklar sezilarli ravishda kuchayam olishdi. Patris Evra va Dimitriy Payyetning sotib olinishi ko‘p narsani anglatib turibdi. «PSJ» esa eng yuqori sport formasiga chiqib ulgurdi. O‘tgan turda «Tuluza» bilan uchrashuvda durang qayd etilgan bo‘lsada, Yevropa chempionlar ligasida «Barselona» ustidan qozonilgan tarixiy g‘alaba jamoanin qay holatda ekanini ko‘rsatib bera oladi.
Ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tgandi va unda hisob ochilmagan. Ammo o‘sha uchrashuvga qadar bo‘lib o‘tgan 10ta uchrashuvning barchasida parijliklarning qo‘li baland kelgan. «Velodrom»da bo‘lib o‘tgan so‘nggi turtta uchrashuvning barchasi «PSJ» g‘alaba qozongan. Rudi Garsiya yangilangan Marsel bilan bu yoqimsiz an'anaga barham berishga urinib ko‘radi.
Mavzuga oid
12:26
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024
«Barsa» «Real»ni yakson etdi, Holandni to‘xtatib bo‘lmayapti. Kun o‘yinlari
12:39 / 24.10.2024
«Barsa» qasos oldi, Holanddan kosmik gol. YeChLda kun o‘yinlari
13:56 / 21.10.2024