Jahon | 11:03 / 25.02.2017
118437
2 daqiqa o‘qiladi

To‘ylarda navbatdagi bema'ni odat paydo bo‘ldi

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Maslahat” guruhida antiqa videoli post paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, nikoh oqshomi vaqtida kuyovning jo‘ralari to‘y bilan tabriklab, niyatlar bildirishadi. Eng qizig‘i, tilakning so‘ngida kuyovga “Alisher, gorko!”, deb qo‘yishadi. Kuyov ham bu iltimosni yerda qoldirmay, kelindan bo‘sa oladi. 

Xurshida xonim ismli foydalanuvchi quyidagi izohni qoldirgan: 

“Bu qanday bedodlik bo‘ldi? Odamlar qayerga qarab ketmoqda? To‘ylarda ikki yoshning raqsga tushishiga endi bir amallab ko‘nikkan edik. 

Endi esa kelin-kuyovni bir-biridan bo‘sa olishi qolgandi. Shu to‘yning egalari, ota-onalar qayerga qarashdi ekan?

Er-xotin o‘rtasidagi nozik munosabatlar omma oldiga oshkora olib chiqilishi hech qanday me'yorga to‘g‘ri kelmasa kerak. Ibo, hayo degan tushunchalar bu ketishda unutilib ketmasa bo‘ldi”.

Mazkur postga qoldirilgan deyarli barcha izohlarda bu chidab bo‘lmas darajadagi ahmoqgarchilik ekani ta'kidlangan. Shuningdek, ayrim a'zolar kuyov va uning do‘stlari chet elda ishlab kelgani, shu tufayli bunday beadab odatlarni barchaning ko‘z o‘ngida qilganini aytib o‘tishgan. 

P.S: Ushbu to‘ydan olingan videolavhani joylashtirishni istamadik. Chunki bunday ongsizlikni qilish tugul, hatto videotasvirini ko‘rish ham o‘ta yoqimsizdir.

Mavzuga oid