Navoiyşunos olim bilan suhbat ğurur va özbekning milliy ğururi, uni saqlaş hamda kötariş haqida bordi.

— Olimjon aka, dastlab bugungi suhbatimiz va unga sabab bölgan mavzu – ğurur va milliy ğurur haqida gaplaşsak? Xöş, u aslida nima va körinişi qanday böladi?

Milliy ğurur nimalarda aks etadi-yu, kategoriya sifatida uni jamiyatda kimlar örganişi kerak?

— Ğurur – arabçada salbiy ma’noni bildiruvçi, lekin özbek tilida takabburlikning antonimi sifatida, ijobiy ma’noda keluvçi bir söz.

Milliy ğurur faqat bir qavm, birgina xalq yoki mintaqaning işi emas. Bu savol, bu masala asrlar davomida dolzarb bölib kelmoqda.

Ajdodlarimiz kimlar, biz kimning avlodlarimiz? Nima uçun asrlar davomida eng yovqur, jahongir, fotih, töğrisöz, öz va’dasining ustidan çiqadigan, saxovatpeşa, botir va ming yillik davlatçilikka ega bölgan muzaffar bir xalq – turkiylar bugungi kunda mana şu şarafni qöldan bermoqda?

Nega buyuk ajdodlarning avlodlari bugun turli qabih, nojöya işlar bilan band?

Oçiğini aytganda, bugun biz qörqoq, olomonçilik kayfiyati ustun bir tödaga aylanib qolayotgandekmiz. Bizning bugungi holatimiz çetdan qaraganda madadni özidan emas, çetdan izlayotgandek taassurot qoldiryapti. Albatta, har bir xalq boşiga mana şunday sinovlar, oğir kunlar keladi.

Biz yuz yildan ortiq vaqt davomida mustamlaka bir xalq edik. Mustaqilligimizni qöldan boy bergan bir qavm edik. Şukrki, Allohning inoyati, muayyan bir tarixiy şaroit va şaxslarning irodasi tufayli biz yana davlatni öz qölimizga kiritdik. Özbekiston degan bir davlat tarix sahnasida paydo böldi.

Xöş, davlatçilik aslida qanday paydo böladi va kimlar hokimiyat tepasiga çiqadi?

Umuman odamlar qaysi qavm va millatga mansubligidan qat’i nazar, tabiatan köçmançi yoki ötroqqa (ibn Xaldun buni badaviy yoki xazariy deydi) bölinadi.

Köçmançilar, ya’ni badaviylar tabiatan botir, yovqur, kengfe’l, andişasiz, töpori, işning oqibatini öylamaydigan, tavakkalçi, keçirimli, lekin ğazabi kelsa, uni heç kim töxtatolmaydigan kişilar böladi.