Qayd etilişiça, “Yangi Özbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni 2022–2032 yillarda amalga oşiriş milliy dasturi işlab çiqiladi.

Bunda, “Yangi Özbekiston strategiyasi” mavzusida plakatlar turkumi, multimedia va boşqa zamonaviy tarğibot mahsulotlari yaratiladi, “Özbekiston qahramonlari”, “Ma’naviyat luğati” kitoblarining taqdimoti ötkaziladi, har yili an’anaviy tarzda “Ma’naviyat festivali” ötkazib boriladi.

Şuningdek, özbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylaş, keng ommalaştiriş hamda rivojlantirişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş möljallangan.

Özbek xalqining milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi, nomoddiy madaniy meros elementlarini muhofaza qiliş va ommalaştiriş böyiça 2022–2026 yillarga möljallangan davlat dasturi işlab çiqiladi.

Nomoddiy madaniy merosning saqlovçilari va ularni ommalaştiriş bilan şuğullanuvçi şaxslarga qöşimça imtiyoz, preferensiya va moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanadi.

Nomoddiy madaniy meros elementlarini YuNeSKO va boşqa xalqaro taşkilotlarning tegişli umume’tirof etilgan röyxatlariga kiritişga erişiş çoralari köriladi.

“Tayyorlaş – örgatiş – örganiş – tiklaş – saqlaş – ommalaştiriş – sotiş” uzluksiz yaxlit tizim asosida nomoddiy madaniy merosni rivojlantiriş klasterlari taşkil etiladi. “Milliy qadriyatlar oyligi” va “Milliy qadriyatlar sayli” ötkazib boriladi.