O‘zbekiston | 12:12 / 26.02.2017
8342
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AQSh ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi

2017 yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvda O‘zbekiston—AQSh munosabatlari masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida 2017 yilning 1 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Amerika—O‘zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi yakunlari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Mavzuga oid