09:31 / 26.02.2017
6137

Buenos-Ayresda jazirama tufayli xavflilikning «qizil» darajasi e'lon qilindi

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida bir haftadan buyon kuzatilayotgan issiq harorat tufayli xavflilikning «qizil» darajasi e'lon qilindi. Bu haqda Argentina milliy meteorologiya xizmati xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, jazirama tufayli bir qancha odamlar jabrlangan, aholi salomatligiga tahdid yuzaga kelgan. 

Argentina poytaxtida harorat 31°C darajaga ko‘tarilgan. Meteorologlar bunday harorat hafta oxiriga qadar saqlanib qolishini bildirishdi.

Bundan oldinroq Chilida issiq harorat tufayli o‘rmon yong‘inlari kelib chiqishi ortidan 19 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top