Charm va zamsh poyabzallarni qanday quritish mumkin?
Yomg‘ir va oppoq qor ko‘plab rejalarga ziyon keltirishi mumkin. Shu o‘rinda namlangan oyoq kiyimni ham. Qishki mavsumda charm va zamsh eng ko‘p tarqalgan materiallardan biri bo‘lgani sababli ularni namgarchilik sharoitida o‘z tashqi qiyofasini uzoqroq muddatgacha saqlab qolishi uchun qanday qilib quritish mumkinligi haqida kichik maslahatlarni keltirib o‘tamiz.
Ortiqcha namlikni ketkazing
Namlangan teri qattiq zarar keltiradi, shu sababli hattoki, kichik miqdorda suv tegsa ham tezroq quritish lozim. Ko‘chadan kelganda etiklarda yetarli miqdorda namlik bo‘lishi tabiiy, ularni darhol qog‘oz sochiqlar yoki salfetkalar bilan artib tashlash lozim. Bu jarayon poyabzallarni bir necha soat ichida qurishiga yordam beradi.
Poyabzalni yonboshiga qo‘ying
Bu havoga etik ichida erkin harakatlanib, tezroq qurishiga imkon beradi. Agar siz poyabzallarni isitgich yonida quritsangiz, ularni isitish moslamalaridan 15-20 santimetr masofa uzoqlikda yonboshiga qo‘ying. Biroq agarda siz poyabzal shaklini qadrlasangiz, uni tabiiy yo‘l bilan qurishini kutganingiz ma'qul.
Yog‘och dastalardan foydalaning
Agarda poyabzal suvga bo‘kishdan shaklini yo‘qotgan bo‘lsa, avval uni tabiiy yo‘l bilan quriting, keyin esa quruq oyoq kiyimlarga yog‘och dastani qo‘ying. Bunda istalgan daraxt to‘g‘ri keladi, biroq eng yaxshi variant ajoyib hid yo‘qotish xususiyatiga ega kedr daraxtidir.
Himoya kremini surting
Quruq charmga suv qaytaruvchi krem yoki silikonli suv shimuvchi moddani surtgan ma'qul. Krem yaxshi yedirilgach, uni quruq latta bilan arting. Xuddi ishni zamsh oyoq kiyimlarida qo‘llash mumkin. Avval krem surtib, keyin maxsus cho‘tkalar bilan ishqalash kerak.
Mavzuga oid
14:00 / 28.10.2024
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati ko‘tariladi
21:35 / 09.10.2024
Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
14:55 / 12.08.2024
Nigerda kuchli yog‘ingarchilik 94 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
12:31 / 14.07.2024