Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning sobiq prezidenti Trampga maktub yozdi
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajot AQSh prezidenti Donald Trampga xat yo‘lladi. U o‘z maktubida Qo‘shma shtatlarning muhojirlar bo‘yicha siyosatiga to‘xtalib o‘tgan.
ABC News xabariga ko‘ra, o‘z maktubida Ahmadinajot Trampning muhojirlar bo‘yicha farmonini qoralagan va Vashingtonni boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishda ayblagan.
Ahmadinajotning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar «barcha xalqlarga tegishli», turli millatlarni hurmat qilish kerak.
Eronning sobiq rahbari Shveytsariyaning Tehrondagi elchixonasiga ham maktub yozgan. Bu elchixona AQSh manfaatlari bilan shug‘ullanadi.
Bundan oldinroq Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Donald Trampning farmonini barcha xalqlarni haqoratlovchi farmon deb atagandi.
Donald Tramp 27 yanvar kuni imzolagan farmonga ko‘ra, Suriya, Yaman, Sudan, Liviya, Somali, Iroq Eron fuqarolari AQShga kirishi vaqtinchalik cheklandi. Bundan tashqari, mamlakatga qochqinlar qabul qilinishi to‘xtatildi.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
12:07 / 23.02.2026