O‘zbekiston | 11:48 / 26.02.2017
9144
4 daqiqa o‘qiladi

Qo‘ng‘irotda reyd: nosoz gaz hamda elektr uskunalaridan foydalanayotgan uy egalari ogohlantirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning 2017 yil 13 fevral kunidagi 20/113-sonli ko‘rsatmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 2017 yil 15 fevral kungi 8/330 sonli ko‘rsatmasiga asosan Qo‘ng‘irot tumani IIB YoXB va 3-sonli XYoXO xodimlari tomonidan «Profilaktika kuni» tadbirida bir qator tadbirlar belgilanib amalga oshirildi. Bu haqda QR IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Maxmud Seydullayevga asoslanib, KRuz.uz xabar bergan.

Jumladan, 2017 yil 23 fevral kuni Qo‘ng‘irot tumani «Turon» va «Bo‘ston» MFY hududida o‘tkazilgan «Profilaktika kuni» tadbiriga Qo‘ng‘irot tumani IIB YoXB va 3-sonli XYoXOdan jami 20 nafar xodim, Qo‘ng‘irot tuman gaz filialidan va Qo‘ng‘irot tumani elektr tarmoqlari korxonasidan 4 nafardan mutaxassislar jalb etilib, ular tomonidan «Turon» va «Bo‘ston» MFY xududida joylashgan 771 fuqarolar yashash uylari va Qo‘ung‘irot tuman XTMXMT va TEBga qarashli 1ta MTM, 1ta umumta'lim maktabi hamda 1ta sport maktabining yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi. Tekshirish va o‘rganishlar jarayonida 328 nafar fuqaro bilan yong‘inlar oldini olish va qoidalarga rioya qilish haqida keng turda suhbat va yo‘riqnomalar berildi.

Qarovchisi yo‘q, yolg‘iz yashovchi qariya va nogironlar hamda ruhiy kasalliklar dispanserlari ro‘yxatida turuvchi 8 nafar fuqaro turar joylarining yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi va aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilishiga erishildi.

Tadbir yakuni bo‘yicha hududdagi musiqa san'at maktabi majlislar xonasida «Bo‘ston» va «Turon» MFY raislari boshchiligida mahallada yashovchi 220 nafar fuqaro ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘kazilib, aniqlangan kamchilik va nuqsonlar fuqarolar bilan birga muhokama qilindi. Xuddi shunday yig‘ilish 32-sonli maktab majlislar xonasida «Olmazor» MFY raisi boshchiligida maxallada yashovchi 63 nafar fuqaro ishtirokida o‘tkazildi.

Tekshirishlar jarayonida asosiy e'tibor isitish qozonxonalarining va pechlarining sozligiga, dudburonlarining tozaligiga qaratildi.

Fuqarolar tomonidan noqonuniy tarzda tabiiy gazni so‘ruvchi nasos moslamalardan va gaz tarmog‘iga qo‘shimcha tarzda rezina shlanglar ulab foydalanish, uyni isitish maqsadida nosoz va qo‘lbola elektr isitish moslamalaridan foydalanish holatlariga chek qo‘yish maqsadida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, gaz va elektr xo‘jaliklari xodimlari hamda profilaktika inspektorlari bilan birgalikda aholi uylarida reydlar o‘tkazish kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Reydlar davomida aniqlangan har qanday kamchilik va nuqsonlarni joyida bartaraf etish, yong‘in kelib chiqish ehtimoli bor bo‘lgan moslamalardan va nosoz gaz hamda elektr uskunalaridan foydalanayotgan uy egalari ogohlantirildi, 5ta nosoz va talabga javob bermaydigan gaz hamda elektr moslamalaridan foydalanishga chek qoyildi.

Mavzuga oid