Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroydagi tungi klublarda reydlar o‘tkazildi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB xodimlari internet-klublari va tungi klublarda profilaktika reydlari o‘tkazmoqda.
O‘tgan haftada huquq-tartibot organlari xodimlari "Qushbegi" va "Dilbuloq" mahallalaridagi tungi klublar, internet klublar va ko‘ngilochar maskanlarda bo‘lishgan. Ular klublar xo‘jayinlari bilan gaplashib, kompyuter klublari va tungi klublarda soat 22:00dan keyin voyaga yetganlar hamrohligida bo‘lmagan o‘smirlar kelishi mumkin emasligi, aks holda tegishli choralar qo‘llanishi haqida ogohlantirishgan.
"Yakkasaroy", "Meros", "To‘qimachi" va "Muhandis" mahallalarida militsiya xodimlari pasport-viza rejimini tekshirishgan. "Abdulla Qahhor", "H.Sulaymon", "Bobur" va "Damariq" ko‘chalarida profilaktika hisobidagi shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazilgan.
Bunday tadbirlar butun respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda Ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammolar va kamchiliklarga bag‘ishlangan videoselektorda haftaning har payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e'lon qilishni taklif etgan edi.
Mavzuga oid
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
12:53 / 08.12.2025
Toshkentda qidiruvdagi shaxs YPX reydi davomida aniqlandi
10:56 / 25.11.2025
Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi reydlar kuchaytirildi (fotolar)
19:47 / 15.11.2025