Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tojikistonni mintaqa xavfsizligi va barqarorligidagi muhim davlat sifatida atadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida bugun, 27 fevral kuni Tojikistonda bo‘ldi.
U Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvi vaqtida Tojikistonni mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim davlat sifatida qayd etdi.
Putin Tojikistonning mintaqaviy masalalar bo‘yicha pozitsiyasi Rossiya uchun juda muhim ekanini ta'kidlagan.
«Biz uchun mintaqaviy masalalarda Tojikiston muhim o‘ringa ega. Tojikistonni mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashdagi muhim mamlakat deb atash mumkin. Ma'lumki, bu yerda bizning harbiy bazamiz joylashgan, bu baza Tojikiston hamda Rossiyaning janubiy hududlari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan», — degan rossiyaliklar prezidenti.
Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev 26 fevral kuni norasmiy muhitda muloqot qildi. Ular yakshanba kunini birgalikda o‘tkazib, Olmaota yaqinidagi tog‘-chang‘i kurortida sayr qilishgan.
27 fevral kunining birinchi yarmida, Olmaotada Putinning Qozog‘iston prezidenti bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
28 fevral kuni Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev taklifiga ko‘ra rasmiy tashrif bilan Bishkekka boradi.
Putinning ushbu uch mamlakatga tashrifi Rossiyaning ular bilan diplomatik aloqalar qurganiga 25 yil to‘lishiga bag‘ishlanadi.
Mavzuga oid
19:03 / 07.10.2025
Tojikiston poytaxtida elektr samokat va giroskuterda yurish taqiqlandi
15:24 / 08.01.2025
Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi
20:19 / 08.08.2024
Tojikistonda Xitoy bilan hamkorlikda harbiy baza qurilishi rad etildi
09:59 / 19.01.2024