Tadbir davomida ikki davlat tadbirkorlari örtasida B2B uçraşuvlari bölib ötdi.
Ötgan bir yil davomida Tojikistonga 115 mln dollarlik quriliş materiallari eksport qilingan. Bular orasida 34 million dollarlik metall mahsulotlari, 13 million dollarlik quruq quriliş aralaşmalari va sement buyumlari, 12 million dollarlik sopol buyumlar, 23 million dollarlik quvurlar va plastmassa mahsulotlari, 11 million dollarlik DSP hamda MDF plitalari, 7 million dollarlik şişa va şişa buyumlar mavjud.
Tojikiston Özbekiston quriliş materiallari eksportida yuqori uluşga ega bölgan davlatlar röyxatida ikkinçi örinni qad etib, mamlakatning uşbu sohadagi işonçli hamkorlardan biri sanaladi. Şu bilan bir qatorda, Made in Uzbekistan yorliği ostidagi quriliş mahsulotlariga bölgan talab Tojikiston bozorida yildan yilga ortib bormoqda.
Hozirda Tojikistonga gazobeton bloklari, issiqlik saqlovçi plitalar, tabiiy toşlar va gulqoğozlar eksportini yanada oşiriş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.
Hozirgaça "Özsanoatqurilişmateriallari" uyuşmasi tomonidan oçilgan Özbekiston savdo uylari Ozarboyjon poytaxti Boku va Afğoniston poytaxti Kobul şaharlarida faoliyat körsatmoqda.












