Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda leopard 6 kishiga jarohat yetkazdi
Hindistonda baliq tutadigan to‘rga ushlanmoqchi bo‘lgan leopard 6 kishini yaraladi. Bu haqda 28 fevralda Daily Mirror nashri xabar berdi.
Leopard mamlakatning shimolidagi Muzaffarpur okrugidagi qishloqlardan birining yonida dam olayotgan bo‘lgan. Mahalliy aholi uni payqab, uning atrofida to‘plana boshlagan. Yirtqich atrofidagi odamlardan bezovtalana boshlagan.
Odamlar leopardni uxlatuvchi dorili nayza bilan zararsizlantirishi mumkin bo‘lgan mutaxassisning kelishini kutib o‘tirmay, baliq tutadigan to‘rni leopard ustiga tashlashgan.
Biroq leopard to‘rdan chiqib ketib, 6 nafar odamga hujum qilib qochib ketgan. Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlarning hayoti xavf ostida emas.
Shundan keyin qishloqqa yirtqich hayvonlar bo‘yicha mutaxassis yetib kelgan. U leopardni ta'qib qilib, uni uxlatuvchi dorili nayza bilan zararsizlantirgan. Uyquga ketgan leopard qafasga qamalgan.
13 fevralda Hindistonda 6 kishini o‘ldirgan yo‘lbars tutib olingandi.
Mavzuga oid
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026