Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada 99 yoshli kampirning orzusi ushaldi: u hibsga olindi
Niderlandiya politsiyachilari 99 yoshli kampirning orzusini ro‘yobga chiqarishdi. Kampirning orzusi esa antiqa bo‘lgan: u hibsga olinishini istagan. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, "hibsga olinish" keksa ayol o‘z hayotida qilib ko‘rmoqchi bo‘lgan ishlar ro‘yxatidagi oxirgilaridan biri bo‘lgan.
Buni amalga oshirish maqsadida ayolning jiyani Anni politsiya bilan oldindan kelishib olgan: keksa ayol kishanlarda politsiya bo‘limiga olib ketilgan va kameraga qamalgan.
Ma'lum qilinishicha, ayol bunday "e'tibordan" o‘zida yo‘q xursand bo‘lgan.
Avvalroq shunga o‘xshash voqea AQShda yuz bergandi: 102 yoshli kampirning orzusini ro‘yobga chiqarish uchun uni hibsga olishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026