Jahon | 23:41 / 28.02.2017
9841
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy Suriyaga qarshi sanksiyalar kiritish rezolyutsiyasini blokladi

Foto: Flickr

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining Suriyaga qarshi sanksiyalar kiritish rezolyutsiyasini blokladi. Bu rezolyutsiya Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishiga aloqador bo‘lgan suriyaliklarga nisbatan sanksiyalar kiritilishini nazarda tutgan. 

Ushbu rezolyutsiyaga Fransiya va Buyuk Britaniya mualliflik qilgan, keyinroq ularni AQSh qo‘llab-quvvatlagan.   

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Suriyaga qarshi hech qanday yangi sanksiyalni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgandi. Uning aytishicha, ayni vaqtda sanksiyalar o‘rinsizdir va faqatgina xalaqit beradi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid