SpaceX 2018 yilda Oy atrofida sayyohlik parvozini amalga oshirmoqchi
Amerikaning SpaceX fazoviy kompaniyasi rahbariyati 2018 yilda Oy atrofida sayyohlik parvozini amalga oshirmoqchi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, parvozda ikki nafar sayyoh qatnashadi.
«Biz ikki nafar xususiy shaxs SpaceX bilan kelasi yilning oxirida Oy atrofida parvoz qilish bo‘yicha muzokaralar olib borganini mamnuniyat bilan xabar qilamiz. Ular Oyga uchish maqsadida mablag‘ning yirik miqdordagi qismini to‘lab berishdi», - deyiladi kompaniya xabarida.
SpaceX’dan aniqlik kiritishlaricha, parvoz doirasida Oy yuzasiga qo‘nish rejalashtirilmagan. Shuningdek kompaniyadan qo‘shimcha qilishlaricha, parvoz Dragon 2 (Crew Dragon) kemasida Falcon Heavy raketa-tashuvchisi yordamida amalga oshiriladi.
Ayni damda kompaniyaga Oy atrofida parvozni tashkil etish haqida murojaat qilgan turistlar nomi oshkor etilmayapti. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, bunday parvozga qiziqish bildirilgan boshqa mijozlar ham bor.
Avvalroq SpaceX Mars sayyorasiga rejalashtirilgan parvozni 2020 yilga qadar qoldirgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:44 / 08.11.2024
Xitoy 2030 yilgacha odamlarni Oyga uchirishini ma’lum qildi
22:03 / 25.10.2024
Crew Dragon-8 kosmik kemasi XKSdan muvaffaqiyatli qaytib keldi
22:13 / 24.10.2024
SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda yordam beradi
23:34 / 18.10.2024