12 iyun kuni kompaniya aksiyalari Nasdaq birjasida rasman savdoga çiqariladi. Investorlar tomonidan berilgan baholaşga köra, SpaceXʼning bozor qiymati dastlabki bosqiçda 1,77 trillion dollarga teng böladi.

Bu natija Ilon Maskni dunyodagi birinçi «trillioner»ga aylantirişi mumkin. Mutaxassislar hisob-kitoblariga köra, SpaceX va Tesla kompaniyalaridagi uluşlarining bozor qiymati asosida uning umumiy boyligi 1 trillion dollarlik marradan oşib ketadi. Albatta, bu mablağ asosan aksiyalar qiymatiga boğliq bölib, «qoğozdagi boylik» hisoblanadi.

Taqqoslaş uçun, avvalgi eng yirik IPO 2019 yilda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan bölib, u vaqtda kompaniya qariyb 29 milliard dollar jalb qilgan edi.

Investorlarga keng imkoniyat

NBC News ma’lumotlariga köra, SpaceX aksiyalarning qariyb 30 foizini oddiy investorlarga taklif qilişni rejalaştirgan. Bu AQŞ fond bozoridagi an’anaviy 10 foizlik uluşdan ança yuqori hisoblanadi.

Kompaniyaning 2026 yil may oyida taqdim etgan IPO hujjatlarida uzoq muddatli strategiyasi ham oçib berilgan. Unda Oyni özlaştiriş va Marsni koloniyalaştiriş asosiy maqsadlardan biri sifatida körsatilgan. Şuningdek, asteroidlardan foydali qazilmalar qazib oliş, Oyda energiya işlab çiqariş va Yer orbitasida sanoat işlab çiqarişini yölga qöyiş kabi loyihalar ham tilga olingan.

Katta daromadlarga qaramay milliardlab zarar

SpaceX hozirça yuqori daromad bilan birga katta xarajatlarni ham boşdan keçirmoqda. 2025 yil yakunlariga köra kompaniya 18,67 milliard dollar tuşum olgan bölsa-da, sof zarari 4,94 milliard dollarga yetgan.

2026 yilning birinçi çoragida ham vaziyat şunga öxşaş bölgan: kompaniya taxminan 4,7 milliard dollar daromad qilgan, ammo 4,28 milliard dollar zarar qayd etgan.

Buning asosiy sabablaridan biri — Starship superoğir raketa dasturiga yönaltirilayotgan ulkan investitsiyalardir. Hozirgaça mazkur loyihaga 15 milliard dollardan ziyod mablağ sarflangan.

Starship kelajakni özgartirişi mumkin

SpaceX rahbariyatining ta’kidlaşiça, barça sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, Starship raketa tizimi yilning ikkinçi yarmida tijoriy parvozlarni boşlaşi mumkin.