Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat» 28 fevralda avtobus bilan yuz bergan favqulodda vaziyatga izoh berdi
«Toshshahartransxizmat» AJ vakillari podrobno.uz nashri muxbiriga 28 fevralda Toshkentda avtobus bilan yuz bergan favqulodda vaziyatga izoh berishdi.
«Elektr simning plastmassa qobig‘i Mercedes-Benz avtobusining tutab ketishiga sabab bo‘lgan. Harakat vaqtida plastmassa qobiq erib, qaynoq kollektor ustiga tushgan va shu sababli quyuq tutun chiqa boshlagan. Haydovchi o‘t o‘chirgichdan foydalanib, tutunni bartaraf etgan. Jabrlanganlar yo‘q», deb ma'lum qilingan tashkilotda.
Ta'kidlanishicha, transport vositasini avtobus saroyiga shatakka olib ketishgan. Elektr simdagi nuqsonlar bartaraf etilgan. Boshqa jiddiy nosozliklar aniqlanmagan. Taxminan soat 17:10da avtobus yana yo‘nalishga chiqqan.
Avvalroq ushbu hodisa O‘zgarish mavzesida, Janubiy vokzaldan Sergeli tomonga bo‘lgan yo‘lda yuz bergani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
08:42 / 14.03.2026