Mazkur yangilik orqali avtobuslar uçun möljallangan alohida yölaklarni aniq ajratiş, uşbu hududlarga boşqa transport vositalarining noqonuniy kirib ketişini çeklaş hamda jamoat transporti harakat tezligini oşiriş közda tutilgan.
Mutaxassislar fikriça, bunday amaliyot şaharda tirbandlik şaroitida avtobuslar harakatining barqarorligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki amalda avtobuslar uçun ajratilgan yölaklarga yengil avtomobillar va boşqa transport vositalarining kirib qolişi jamoat transporti harakatida keçikişlarga sabab bölmoqda.
Deliniatorlar örnatilişi esa bu muammoning oldini oliş, haydovçilarni yöl qoidalariga qat’iy amal qilişga undaş va avtobuslar harakati uçun ustuvorlik yaratişga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, yangi tartib jamoat transportidan foydalanuvçi yölovçilar uçun ham qulayliklarni oşiradi. Avtobuslarning belgilangan vaqtda harakatlanişi, bekatlarga öz vaqtida yetib kelişi va umumiy qatnov intizomining yaxşilanişi kutilmoqda. Bu esa poytaxtda jamoat transporti jozibadorligini kuçaytirib, şaxsiy avtomobillardan köra avtobusdan foydalanişni rağbatlantirişi mumkin.
Hozirça mazkur tizim qaysi köçalarda joriy etilişi yuzasidan aniq manzillar oçiqlanmagan. Mas’ullar bu haqdagi batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinişini bildirgan.
Qayd etilişiça, uşbu taşabbus Toşkent şahrida jamoat transporti infratuzilmasini takomillaştirişga qaratilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri böladi.








