Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havo kerakmasmi: Britaniyalik tog‘ havosini mo‘maygina pulga sotmoqda
20 yildan beri Shveytsariyada yashab kelayotgan uddaburon ingliz Jon Grin Alp tog‘laridagi tog‘ havosini idishlarga to‘plab, uni dunyoning havosi ifloslangan shaharlarida sotmoqchi.
Grinning aytishicha, u havoni juda mashhur tog‘ yonida joylashgan buloq yaqinidagi "maxfiy" joydan yig‘moqda. Havo yig‘iladigan joyni faqat xaridorlargina bila olishadi. Havo solingan idishga havo yig‘iladigan joyning GPS-koordinatalari va haqiqiylik sertifikati ilova qilinadi.
"Agar sen ifloslangan shaharda yashasang, dizel bug‘laridan bo‘g‘ilsang, unda biz 3000 metr balandlikdagi tog‘ havosining yangi zaxiralarini oldik va uni senga yuborishga tayyormiz. Men havoni avtoturargohdan emas, balki haqiqatan ham 3000 metrga ko‘tarilib yig‘aman", deb aytgan Grin o‘z saytidagi promovideoda.
Shveytsariyaning tog‘ havosini turli idishlarga solingan holda sotib olish mumkin: bunday havoning 3 litri 247 dollar, bir litri 167 dollar va yarim litri 96 dollardan taklif qilinmoqda.
Loyiha muallifi tushgan pullardan 25 foizini Afrikadagi World Vision Clean jamg‘armasiga o‘tkazishga va'da berdi.
2015 yilda OAVda Xitoy Kanadadan sof havo sotib olayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026