Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda qulagan samolyotdagi yuk Qirg‘iziston prezidentiga tegishli bo‘lgani aytilmoqda
Qirg‘izistonda hibsga olingan muxolifatchi Omurbek Tekebayev advokatlarining aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan ba'zi hujjatlarning nusxalari Bishkekda qulagan turk aviakompaniyasining yuk samolyotidagi yuk Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevga tegishli bo‘lganini isbotlaydi.
1 martdagi matbuot-anjumanda Tekebayevning advokatlari Taalaygul Toktakunova va Kanat Azizning aytishicha, "Ata Meken" partiyasi yetakchisi Tekebayevdan bu hujjatlarni olish maqsadida u Venadan kelgandan keyin hibsga olingan. "U favqulodda ahamiyatdagi hujjatni Turkiya xavfsizlik xizmatidan olgan. Hujjatda aytilishicha, tergov natijalariga ko‘ra yuk samolyotida bo‘lgan mobil telefonlar, kompyuterlar, pullar, qimmatbaho metallar va toshlar Qirg‘iziston prezidenti oilasiga tegishli ekani o‘rnatilgan. Yukni ortishda "Shaqildoq ilon" laqabli Turkiya fuqarosi ishtirok etgan", deb aytdi Toktakunova.
Toktakunovaning aytishicha, Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Tekebayevni aeroportda qo‘lga olib, hujjatlar unda deb o‘ylab, uni mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga olib ketishgan.
Keyinroq Tekebayevga nisbatan "Korrupsiya" va "Firibgarlik" moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Prezident apparatida huquqshunoslarning bu xabariga ularni ta'qib qilish bilan tahdid qilindi. Prezident apparati axborot siyosati bo‘limi boshlig‘i Almaz Usenovning fikricha, Toktakunovaning aytgan so‘zlari "yolg‘ondir" va bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
"Jurnalistlar bu "hujjatlar"ning haqiqiyligiga to‘g‘ri shubhalanishgan. Tekebayev yordamchilarining bayonoti tergovga bosim o‘tkazishga qaratilgan. Bu xatti-harakat ushbu ishga siyosiy tus berish va jamoatchilik fikrini yanglish tomonga olib ketishga qaratilgan", deb aytgan Usenov.
Advokatlarning bayonotiga milliy xavfsizlik qo‘mitasida ham munosabat bildirilib, u "butkul bema'nilik" deyilgan.
Ma'lumot uchun, Boeing 747-400 yuk samolyoti 16 yanvar kuni Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish qismidan 1,5 km uzoqlikda halokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushgan. Buning oqibatida 32ta uy vayron bo‘ldi, 4 ekipaj a'zosi hamda 35 nafar mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025