Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqining inqirozdan chiqishining 5 ta varianti taklif qilindi
Foto: Getty Images
Yevrokomissiya Brexit sababli Yevropa Ittifoqida yuzaga kelgan inqirozdan chiqishning bir necha variantini ishlab chiqdi. Bu haqda Euronews telekanali xabar bermoqda.
Yevrokomissiya boshlig‘i Jan-Klod Yunker boshchiligida Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniyasiz kelgusi rivojlanishining 5 ta ssenariysi yaratildi. Ular "Oq kitob"ga birlashtirildi. Bu hujjat 1 martda imzolanishi kerak. Bu hujjat Rimda 25 martda o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida muhokama qilinadi.
Ushbu ssenariylar quyidagicha nomlangan: "Kamroq, biroq samaraliroq qilish", "Birgalikda ko‘proq qilish", "Ushbu yo‘nalishni davom ettirish", "Faqat yagona bozor", "Kim ko‘proq olmoqchi bo‘lsa, ko‘proq qilishi kerak". Yunkerning aytishicha, "barcha muammosiz birga ishlashi mumkin deb tasavvur qilingan davrlar o‘tdi".
Taklif qilinayotgan variantlar Sharqiy Yevropa davlatlari tomonidan tanqidga uchradi. Ular Yevropa Ittifoqi tomonidan beriladigan yordam pullari kesib tashlanishidan xavotir bildirishmoqda. Ma'lum qilinishicha, ushbu rejalar Yevropa institutlari tizimi va amaldagi shartnomalarning jiddiy o‘zgarishiga olib kelmasligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
17:12
Yevrokomissiya rahbari: Grenlandiya bo‘yicha AQShga javob “qat’iy” bo‘ladi
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
13:46 / 17.01.2026
FT: YeI a’zolik uchun ikki bosqichli model ustida ishlayapti
15:44 / 16.01.2026