Jahon | 17:19 / 01.03.2017
9993
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda g‘aroyib pitssa katta muhokamaga sabab bo‘ldi

Foto: Fotolia

Ijtimoiy tarmoqlarda mayonez va no‘xat qo‘shilgan pitssa surati katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqida Mashable nashri xabar berdi. 

"Internet bizga mazali taomga no‘xat qo‘shmaslikni o‘rgatgan", - deya hazillashadi muxbir Brayan Korber. 

Pitstsasevarlarni jalb qilgan surat Twitter'dagi FOX152 nikli foydalanuvchi tomonidan chop etildi. 

Aksariyat foydalanuvchilar bu g‘oyani tanqid ostiga olishdi va uning muallifini "sotsiopat" deb atashdi. Hatto huquq-tartibot organlariga murojaat qilishini aytib tahdid qilganlar ham bo‘ldi.

"Men politsiyaga qo‘ng‘iroq qilaman", - deb yozadi KeetPotato.

"Ko‘nglim aynishi to‘xtasin, sen bilan jang qilaman", - deb yozadi Ouen Xans. 

"911?.. Hozirning o‘zida ro‘y berayotgan jinoyat haqida xabar bermoqchiman", - deb yozadi whiskey_neat.

"Ananasli va ananassiz pitssaxo‘rlar, siz o‘z kelishmovchiliklaringiz haqida unutib, bu razolatning ustidan g‘alaba qozonishingiz kerak", - deb yozadi fatsoburgers.

"2012 yilda, imkon borida o‘lish kerak edi", - deydi Pz_CKY.

Ba'zilar suratga giflar orqali munosabat bildirdi. 

"Qarab bo‘lmaydigan" pitssa haqida xabar bergan BuzzFeed portali o‘quvchilar orasida qanday shart bilan uni yeyishga rozi bo‘lardingiz degan mazmundagi savolnomani e'lon qildi. 

Aksariyat — 18 foiz kishi bu pitssani 1000 dollar evaziga yeyishi mumkinligini ma'lum qilgan. Ikkinchi o‘rindagi ko‘p ovoz to‘plagan javob - "men.. o‘ylashimcha, uning ko‘rinishi yomon emas (15 foiz). 13 foiz kishi bu taomni 100 ming dollar va undan ko‘proq pul evaziga yeyishga tayyor ekanini bildirgan. 

Mavzuga oid