Amerikalik politsiyaçi Riçard Kreyg tomonidan suratga olingan video TikTok’da ommalaşdi. Videoda pitssa yetkazib beruvçi yigit qorli havoda yengil krossovka va sviter kiygan holda yurgani aks etgan.
Ma’lumotlarga köra, öşa kuni AQŞning Indiana ştatida kuçli qor böroni sodir bölgan. 20 yoşli mahalliy kurer Konnor Stefanoff esa pitssa yetkazib beriş bilan şuğullanayotgandi. Uning aytişiça, qorda transport harakati töxtatilgani sababli, buyurtmalardan birini yetkaziş uçun bir kilometr masofani piyoda bosib ötişga majbur bölgan. Konnor pitssani öz vaqtida yetkazgan bölsa-da, atigi 2 dollar çoyçaqa olgan.
Bu vaziyat Riçard Kreygni ğazablantirgan. U Konnorga yonidagi bor puli — 15 dollarni bergan va keyin voqeani TikTok’da ulaşgan.
“Men hayratda qoldim. Yöllardan deyarli yurib bölmasdi. Şunda bu bolaning qilayotgan işini tasvirga olişim kerakligi, oğzaki aytsam, odamlar işonmasligini öyladim”, — deya politsiyaçi The Washington Post gazetasiga voqea haqida aytib berdi.
Kreygning obunaçilari Konnor uçun GoFundMe platformasida mablağ yiğişni taklif etdi. Politsiyaçi kamida 500 dollar yiğilişini kutgandi. Ammo ikki hafta içida kurer uçun deyarli 40 ming dollar xayriya töplandi.
Konnor buvisi bilan yaşaşini aytgan. Uning maoşi kommunal tölovlarni qoplaşga yetardi xolos. Yigit xayriya pulining bir qismini maşina sotib olişga sarflamoqçi. Yana bir qismini kollejda öqişga, qolganini esa xayriya işlariga yönaltirişni rejalaştirmoqda.
Konnor işlaydigan Rockstar Pizza kompaniyasi ob-havo yomonlaşgan kunlarda öz kurerlariga uyda qolişga ruxsat beradi. Biroq yigit baribir işga çiqişga qaror qilgan. Uning aytişiça, qilgan işi birovning e’tiborini tortmagan taqdirda ham, boşqaça yöl tutmagan bölardi.
“Boşqalar sizga qanday munosabatda bölişini istasangiz, siz ham ularga şunday böling”, — deydi u.







