Jahon | 14:36 / 01.03.2017
5565
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Kim Chen Nam yaponiyalik siyosatchi bilan 1 mart kuni uchrashishi lozim edi

Kuala-Lumpur shahri aeroportida o‘ldirilgan Kim Chen Nam yaponiyalik siyosatchi Xadzime Isii bilan uchrashishi lozim edi. Bu haqda Sankei gazetasi xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».

Xadzime Isii – Yaponiya hukumatida bir qator yuqori lavozimlarni egallagan taniqli siyosatchidir. Uning gazetaga aytishicha, Kim Chen Nam bilan 2 fevral kuni 1 mart sanasida Makaoda uchrashishga kelishib olgan.

Ular ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini muhokama qilishni rejalashtirishgan bo‘lgan. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Kim Chen Nam bo‘lajak uchrashuv haqida ukasini xabardor etmagan.

Shimoliy Koreya yetakchisining akasi Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida 13 fevral kuni o‘ldirilgandi.

Avvalroq Malayziya hukumati Indoneziya va Vetnam fuqaroligiga ega bo‘lgan ayollarga Kim Chen Namning qotilligi bo‘yicha ayblovlar qo‘ygani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid