Malayziyada KXDR yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namni öldirişda ayblangan vetnamlik Doan Txi Xiong ozodlikka çiqdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
30 yoşli ayolning advokati u Malayziyaga qaytib kelişini ma'lum qildi.
Malayziya oliy sudi 1 aprel kuni Doan Txi Xiongga nisbatan qöyilgan qasddan qotillik qiliş ayblovini soğliqqa ölimga olib keluvçi şikast yetkaziş aybloviga özgartirdi. Natijada u uç yil tört oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Advokatning aytişiça, uning hibsda bölib turgan muddati hisobga olingan. Mart oyida uşbu işdagi yana bir gumonlanuvçi, indoneziyalik 26 yoşli Siti Aysia ozodlikka çiqarilgandi.
Kim Çen Nam 2017 yil 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida kimdir uning yuziga noma'lum suyuqlik sepganidan söng boş aylanişidan şikoyat qilgan va kasalxonaga olib ketilayotganida yölda vafot etgan. Malayziya hukumatining bildirişiça, ölimga asabni falajlovçi VX moddasi sabab bölgan.

















