Malayziya politsiyasi Indoneziyadan bölgan ikki nafar ayolni qidiruvga berdi. Ular Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namning öldirilişi böyiça iş yuzasidan guvohlar sanaladi. Bu haqda «New Straits Times» naşri Selangor ştatining huquqni muhofaza qiliş organlari jinoiy boşqarmasi boşliği Fodzil Ahmadning bayonotiga asoslanib yozmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga köra, Malayziya politsiyasi 24 yoşli Reysa Salma va 33 yoşli Azirul Nizoma bilan aloqa örnata olmayapti. Politsiya vakilining qayd etişiça, ularning sönggi bor mahalliy mehmonxonalardan birida körişgan.

«Ular KXDR fuqarosini qasddan öldiriş bilan boğliq jinoyat işi böyiça guvohlar hisoblanadi, şuning uçun qidiruvga berildi», - deya aniqlik kiritgan Ahmad.

Foto: AFP/Handout

Şimoliy Koreya rahbarining akasi Kim Çen Nam ötgan yili Kuala-Lumpur aeroportida 45 yoşida öldirildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In KXDRdagi tibbiyot sohasi ahvolidan darğazab bölgandi.