Malayziyadagi sud KXDR yetakçisi Kim Çen In akasi Kim Çen Namning öldirilişi böyiça iş yuzasidan gumonlanuvçi hisoblangan Indoneziya fuqarosi Siti Aisyadan ayblovlarni olib taşladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Siti Aisya sud zalida ozodlikka çiqarilgan.

Qayd etilişiça, u sud binosini avtomobilda tark etib, Indoneziyaning Kuala-Lumpurdagi elçixonasi tomon yöl olgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yil sentabr oyi boşida Kim Çen In akasining öldirilişiga guvoh bölgan ikki ayol yöqolib qolgandi.