Jahon | 18:42 / 01.03.2017
9961
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Timoshenko AQShning Ukrainadagi elchisi bilan yashirincha uchrashdi

Foto:RIA

Ukrainaning "Batkivshchina" partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko AQShning Ukrainadagi elchisi Mari Yovanovich bilan yashirincha uchrashuv o‘tkazdi. Mahalliy OAVning xabar berishicha, yakkama-yakka muloqot diplomatik missiya binosida emas, balki siyosiy partiya ofisida bo‘lib o‘tgan.

Hozircha “gaz malikasi” va amerikalik diplomat nima haqida suhbat qurishgani noma'lum. Biroq ularning uchrashgani haqidagi ma'lumotlar "Batkivshchina" saytida ham berilmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid