Jahon | 22:41 / 01.03.2017
22023
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyada arab koalitsiyasi kuchlarini bombardimon qildi

Rossiya HKK samolyotlari 28 fevral oqshomida Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan arab bo‘linmalari pozitsiyalariga zarba bergan. Bu haqda AQShning Iroqdagi qo‘mondonligi rahbariga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi

Uning aytishicha, hujum oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar Al-Bob yaqinida joylashgan jangchilar ustiga aviazarba yo‘llagan.

Hodisaning to‘liq tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

O‘tgan oy boshida ham Rossiya aviatsiyasi xatolik tufayli Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borayotgan harbiylarga hujum qilgandi. 9 fevral kuni esa Rossiya samolyotlari Al-Bobda xatolik tufayli bergan zarbalar oqibatida Turkiya armiyasining 3 nafar harbiysi halok bo‘lib, 11 nafari jarohatlangandi.

Bundan avvalroq Turkiya harbiylari Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlarga hujum qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid