Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasining Yamandagi Qizil dengiz böyidagi Xodayda şahriga hujumi oqibatida as-Saura şifoxonasida 30 kişi halok böldi. Bu haqda husiyçilarga aloqador «Al-Masira» telekanali xabar tarqatdi.
Şifokorlarga asoslangan holda xabar bergan telekanal ma'lumotiga köra, port-şaharga berilgan aviazarbadan keyin şifoxonaning özidan 20dan ortiq kişining jasadi harbiy gospitalga olib borilgan. Şuningdek, hujum oqibatida kamida 35 kişi jarohatlangan.
Arab koalitsiyasi tomonidan qöllab-quvvatlab kelinayotgan Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy kuçlari köp vaqtdan buyon Xodayda uçun husiyçilar bilan uruş olib bormoqda. Qizil dengiz böyida joylaşgan bu port-şahar strategik jihatdan katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Husiyçilar nazoratida bölgan şimoliy Yamanga gumanitar yordam ham uşbu şahar orqali ötkaziladi.
Koalitsiya tomoni şahar betaraf kuçlarga topşirilişi va xalqaro hamjamiyat nazoratida bölişini taklif etgan, ammo husiyçilar bunga rozi emas. Ötgan yakşanba kuni ular koalitsiyani hayot uçun muhim infratuzilmalar böylab, xususan, Xodayda şahrini suv bilan ta'minlaydigan obektlar böylab aviazarbalar yöllaşda ayblaşgandi.
BMT Boş kotibining Yaman masalasi böyiça vakili Martin Griffitsning ötgan haftada husiyçilar bilan navbatdagi muzokaralari ham muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.
Yamanda 2014 yildan buyon sunniy mahzabda bölgan hukumat kuçlari va şialardan iborat husiyçilar örtasida qurolli nizolar davom etmoqda.
Uşbu nizolar 2015 yil martida Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya kuçlari qonuniy hukumatni qöllab, Yamanga kirganidan keyin yanada kuçaydi. Husiyçilarga qarşi amaliyotlarda saudiyaliklardan taşqari, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, Misr, Iordaniya, Marokaş, Pokiston va Sudan harbiylari iştirok etib kelmoqda.












