Suriyaning IŞID terrorçilari zöravonligidan qoçgan Al-Bob aholisi şaharga yaqin bölgan aholi punktlaridagi çodirlarda kun keçirişga majbur bölişmoqda.

Al-Bob aholisining bir qismi, asosan ayollar va bolalar Suriya ozodlik armiyasi kuçlari tomonidan nazorat qilinuvçi Susanbot qişloği yaqinida joylaşişgan.

Insonlar oğir şaroitlarda, suv va elektr energiyasiz yaşaşga majbur bölmoqda. Ba'zi birlarga esa özlari bilan çorva mollarini olib kelgani as qotmoqda.

Suriyalik Maryam Hazalning sözlariga köra, u Al-Bobni uç kun avval tark etgan.

Uning aytişiça, Al-Bobdan keliş çoğida bir neça bor terrorçilar tomonidan öqqa tutilgan.

«Barça buyumlarni taşlab, piyoda ketişga majbur böldik. Biroq bu yer ança xavfsizroq. Qişloq aholisi bizga barça mumkin bölgan yordamni bermoqda», - deydi Hazal.