Jahon | 07:51 / 02.03.2017
7560
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Meksika chegarasida devor qurilishiga zarur mablag‘dan bor-yo‘g‘i mingdan biri ajratildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning Meksika bilan chegarada devor qurish g‘oyasini amalga oshirishga bor-yo‘g‘i 20 mln dollar  ajratildi, vaholanki bu ishlar 21,6 mlrd dollarga baholangan. Bundan esa ajratilgan mablag‘ ulkan rejani amalga oshirish uchun yaqqol yetmasligi ko‘rinib turibdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi uning ixtiyoriga tushgan, AQSh ichki xavfsizligi vazirligining farmoyishiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, farmoyish vazirlik tomondan tayyorlanib, AQSh kongressining federal byudjyet bilan bog‘liq xodimlari orasida o‘tgan haftada tarqatilgan. Unda mablag‘lar ikkita boshqa loyiha – Nako shahri yaqinida chegara to‘sig‘i qurish va chegara hududida maxsus kameralarni o‘rnatish loyihalaridan o‘tkazilishi ta'kidlab o‘tilgan.   

Ichki xavfsizlik vazirligi ushbu vaziyatga izoh berish iltimosiga javob bermagan.

Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish loyihasini ishlab chiqishga ko‘rsatma bergandi. Uning ta'kidlashicha, bu devor qurilishiga Meksikaning o‘zi haq to‘lashi kerak. Meksika hukumati esa buni qilishdan qat'iyan bosh tortmoqda. Tramp devorning qurilishi boshida amerikalik soliq to‘lovchilar haq to‘lashlariga to‘g‘ri kelishini aytgan. Biroq AQSh prezidenti zarur mablag‘larni Meksikadan turli yo‘llar bilan undirish yo‘llarini izlamoqda.  

Mavzuga oid