O‘zbekiston | 19:23 / 02.03.2017
6922
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Avstraliyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Piter Martin Teshni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Elchi O‘zbekiston prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Avstraliya munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish maqsadida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi marralarni birgalikda belgilash imkonini beruvchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish amaliyotini davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.

Mavzuga oid