Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fillarning gavdaga yarasha uxlamasligi aniqlandi
Biologlarning ma'lum qilishicha, fillarning to‘yib uxlashi uchun atigi ikki soat yetarli ekan. Bu olimlar tomonidan GPS-maykalar va giroskopli bo‘yinbog‘lar bilan ta'minlangan ikki katta yoshli filni 5 hafta davomida kuzatish natijasida aniqlandi. Tadqiqot bo‘yicha xulosalar PLOS One jurnalida nashr qilindi.
Hayvonot bog‘larida fillar 4-6 soatdan uxlashadi. Tabiiy sharoitlarda esa atigi ikki soatlik uyqu (ko‘pincha tunda) yetar ekan. Olimlar kuzatgan fillar katta masofalarni bosib o‘tib ham bir necha kunlab tetik yura olgan. Fillarning gavdasini inobatga olgan holda ularni hammadan kam uxlovchi jonivorlar deya e'tirof etish mumkin. Odatda jonivor qancha yirik bo‘lsa, shuncha ko‘p uxlaydi.
Bundan tashqari, uyqudagi fillar faqatgina tezkor uyqu fazasida bo‘lishgan. Qisqa muddatli xotiralarning uzoq muddatli bosqichga o‘tishi uyqu vaqtida ro‘y berishini inobatga oladigan bo‘lsak, kashfiyot xotirani mustahkamlash tizimiga oid yangi savollarni tug‘diradi, zero fillar o‘zining o‘tkir xotirasi bilan mashhur. Olimlar hozircha qanday qilib fillarga atigi ikki soatlik uyqu yetishini izohlay olishmadi. Ular kelgusida bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirishni rejalashtirishmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
23:21 / 01.02.2026
Shifokor tezroq uyquga ketishning oddiy usullarini aytdi
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026