Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keksa amerikalik 90 yoshini 24 bora tortilish bilan nishonladi
Amerikaning Florida shtatilik Vern ismli keksa yoshli erkak o‘zining 90 yoshini sportzalga borib, 24 marta tepaga tortilish orqali nishonladi. Vernning o‘g‘li bu holatni videoga tushirdi hamda YouTube’ga joylashtirdi.
"Bu mening dadam. Bugun u 90 yoshga kirdi. Biz doimiy ravishda sportzalga boramiz, hamda u turnikda tortilishni yoqtiradi! O‘ylashimcha, u bolaligida har ikki tirsagini sindirib olganini hisobga olsak, buni yaxshi uddalamoqda", - deya yozadi video muallifi.
Videoga qoldirilgan izohlarda Vern sharafiga maqtovlar yog‘dirishdi, ko‘plar esa undan ancha kichik yoshda bo‘lganlar ham bunday natija bilan maqtana olmasligini ta'kidlab o‘tishgan.
"Bu hatto harakatlar amplitudasining kichikligiga qaramay ajoyib. Garov o‘ynashim mumkinki, 70 yosh atrofida bo‘lganlar hattoki besh marta ham shunday qila olishmaydi", - deya yozdi foydalanuvchi Jonni Friz.
"90 yoshli erkak mendan ham o‘tib ketdi. Ammo men baxtliman. Ehtimol, bu men u kabilarni juda ham hurmat qilganim sababdir", - deya yozgan Vin Huxley.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026