Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda navbatdagi profilaktika kuni o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har haftaning payshanba kunlari respublika hududida “Profilaktika kuni” deb belgilandi. Mazkur topshiriqni bajarish yuzasidan O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlar qatori Toshkent shahri prokuraturasi va IIBB hamkorlikda 2017 yil 2 mart kunida ham poytaxtning barcha tumanlarida davlat va jamoat tashkilotlari, aholi ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, Toshkentning Uchtepa tumanida ham o‘tkazilgan shunday tadbirlarda Kun.uz muxbiri ishtirok etdi. Tumanning turli mahallalari, maktablar va kollejlarida profilaktika kuni munosabati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shunday yig‘ilishlar “Davomat” tadbiri doirasida tumandagi 295-, 129-, 75-, 62-sonli o‘rta ta'lim maktablari va soliq kollejida tashkil etildi.

Ularda yoshlar orasida turli xil noxush holatlar, jinoyatlar, qoidabuzarliklarga qarshi kurash, ularning oldini olish, ta'lim maskanlaridagi davomat, maktab nizomida belgilangan ust-boshga rioya qilish, o‘quvchilarga smartfonlar olib bermaslik, Toshkent shahri hokimining buyrug‘i bilan kechki 21:00dan so‘ng voyaga yetmagan bolalarning internet kafelarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, oxirgi vaqtlarda internetda urf bo‘layotgan, inson umriga zomin bo‘luvchi har xil razil o‘yinlar xususida ishtirokchilarga keng ma'lumotlar berildi.

Uchtepa tumani “O‘rikzor” mahallasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ko‘p qavatli uylar va yakka tartibdagi xususiy xonadonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, elektr va tabiiy gaz ta'minotiga noqonuniy yoki noto‘g‘ri ulanib olish natijasida yong‘in kelib chiqish xavfi mavjud holatlarni aniqlash, ularni bartaraf etish va boshqa turli jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Shu bilan birga, yig‘ilishlar vaqtida ota-onalar, mahalla oqsoqollari hamda faollarining talab va takliflari tinglandi.






Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026