Turkiya adliya vazirining Germaniyadagi nutqi bekor qilindi

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal yerida joylashgan Gaggenau shahri rahbariyati Turkiyaning adliya vaziri Bakir Bo‘zdagning 2 mart kuni kechki paytga belgilangan nutqini bekor qildi.
Avvalroq bir qator turk vazirlari, jumladan adliya va iqtisodiyot vazirlari Turkiya konstitutsiyasiga tuzatmalar kiritish bo‘yicha referendum oldidan katta turk diasporasi yashovchi Germaniyaga tashrif buyurmoqchi ekanliklarini ma'lum qilishgan.
Turkiyaning oliy saylov kengashi Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar paketi bo‘yicha referendum o‘tkaziladigan kun sifatida 16 aprelni belgilagan. Bu referendumda Turkiyaning amaldagi parlament boshqaruv shaklidan prezident boshqaruvi shakliga o‘tish bo‘yicha ovoz beriladi.
Berlin va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar 27 fevralda Istanbulda turk millatiga mansub nemis jurnalisti Deniz Yujyel hibsga olingandan keyin keskinlashdi. Jurnalist turk hukumati tomondan "terrorchilik tashkilotida ishtirok etish, ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda qo‘llash, terrorchilik targ‘ibotida" gumon qilinmoqda. Germaniya kansleri Angela Merkel Anqaradan jurnalistning ozod qilinishini va OAV erkinligiga amal qilishni talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari oshdi
O‘zbekiston | 12:02
-
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 11:39
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
Mavzuga oid

15:17 / 10.05.2025
Rossiya va Germaniya siyosatchilari Bokuda maxfiy tarzda uchrashgan

14:43 / 10.05.2025
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida

12:01 / 10.05.2025
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi

09:31 / 10.05.2025