20:16 / 03.03.2017
5623

AQSh savdo sohasida tajovuzkor siyosat yuritmoqchi

Bir necha kun avval AQSh savdo vaziri etib tayinlangan 79 yoshli milliarder Uilbur Ross CNBC telekanaliga intervyuda AQSh hukumati savdo siyosatida faol va tajovuzkor yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.   

"Biz tajovuzkor siyosat yuritamiz, chunki avvalgi bitimlar yakunda ishlab chiqarishlarda katta sondagi qisqarishlarga va ko‘plab korxonalarning yopilishiga olib kelganini bilamiz. Biz bu yana davom etishini istamaymiz", deb aytgan Ross.

Rossning aytishicha, asosiy vazifalardan biri AQSh uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Meksika va Kanada bilan Savdo bo‘yicha Shimoliy Amerika kelishuvini (NAFTA) qayta tuzish bo‘ladi.

Top