Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya bosqiniga qarshi kurashgan liviyalik so‘nggi faxriy 112 yoshida vafot etdi
Italiya mustamlakachilariga qarshi kurashgan Liviya qahramoni Umar al-Muhtorning so‘nggi safdoshi Abdul-Razzoq al-Mo‘tarabiah Jilhaf 112 yoshida vafot etdi.
Jilhaf Liviyaning sharqiy qismida joylashgan uyida ko‘z yumgan, deb xabar beradi mahalliy OAV.
Umar al-Muhtor Liviyani bosib olishga harakat qilgan Italiya mustamlakachilariga qarshi kurash tashkil etadi. Italiyaliklar 1911 yildan boshlab Usmon imperiyasidan tarqalayotgan hududlarni bosib olishga kirishadi.
20 yil davom etgan qarshi jangovar harakatdan so‘ng Umar al-Muhtor Italiya mustamlaka kuchlari tomonidan qo‘lga olinadi va 1931 yilda 73 yoshida qatl ettiriladi.
Al-Muhtor Liviya milliy qahramoni hisoblanadi va Arab hamda Islom dunyosining ozodlik uchun kurashuvchi ramzi sifatida e'tirof etiladi.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026