Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi holatlarda avtomobil davlat raqamlarini yechib olinishiga yo‘l qo‘yiladi
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va yo‘l-patrul xizmati xodimlari qaysi hollarda avtomobillarning davlat raqamlarini yechib olishi mumkin? Toshkent shahar IIBB boshqarmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YHXX va YPX xodimlari belgilanmagan joyda qoldirilgan avtomobillarning davlat raqamlarini yechib olishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ular faqatgina avtomobil raqamlarini yechib olishni muvofiqlashtiruvchi 45 banddan iborat ichki buyruq asosida harakat qilishlari mumkin.
Xususan, YHXX noziri avtomobil nosoz holatda bo‘lsa yoki uzoq muddatga belgilanmagan yerda qoldirilgan bo‘lsa, uning davlat raqamini yechib olishi mumkin. Biroq, ruxsat berilmagan avtomashinalarning raqami yechib olinmaydi, aksincha, evakuator chaqirilib, jarima maydoniga olib boriladi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026