O‘zbekiston | 23:26 / 03.03.2017
7524
1 daqiqa o‘qiladi

OTB O‘zbekistondagi loyihalar uchun yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao bilan uchrashuv o‘tkazdi.

OTB delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida 4 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.

Ma'lum bo‘lishicha, OTB delegatsiyasining O‘zbekiston vazirliklari va idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv ta'minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.

O‘zbekistonga tashrifi davomida OTB rahbari Takexiko Nakao Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan investitsiya loyihalarining natijalari bilan tanishgan.

Bundan oldinroq Takexiko Nakao O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid