Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tom Henks Oq uy jurnalistlarini nima bilan ta'minlaydi?
Amerikalik aktyor Tom Henks Oq uy matbuot korpusiga qahva damlovchi mashina sovg‘a qildi, uning yoniga jurnalistlarga haqiqat va adolat uchun kurashishda davom etish bildirilgan tilak tushirilgan qog‘oz qo‘shildi. Hollywood Reporter'da ta'kidlanishicha, Henks haqiqat uchun kurash so‘ziga alohida urg‘u bergan.
Manbaga ko‘ra, Tom Henks sovg‘a qilgan qahva damlovchi mashina Pasquini brendiga tegishli bo‘lib, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan. Matbuot korpusi jurnalistlari o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida aktyorga minnatdorchilik bildirishgan.
Ta'kidlanishicha, bu aktyorning Oq uyga birinchi marta bunday sovg‘a tortiq qilishi emas. Birinchi marta 2004 yilda qahva uskunasini OAV xodimlarining o‘zlari xarid qilishlaridan xabar topgan Henks ularga shunday sovg‘a ulashgan.
2010 yilda Hollivud yulduzi matbuot konferensiyasidan keyin jurnalistlar uning avvalgi sovg‘asini tozalashni unutayotganiga e'tibor qaratgan va tez orada ularga yangi qahva uskunasini yo‘llagan.
Mavzuga oid
20:37 / 27.04.2026
Vashingtondagi otishma savollarni ko‘paytirmoqda
01:54 / 27.04.2026
Melaniya Tramp Oq uyda asalarichilikni kengaytirmoqda
10:40 / 26.04.2026
Tramp qatnashayotgan tadbirda otishma: Oq uy a’zolari evakuatsiya qilindi
08:49 / 21.04.2026