Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya THAAD tizimlarini joylashtirishni davom ettiradi
Koreya respublikasi mamlakatda Amerikaning raketa hujumiga qarshi THAAD tizimlarini joylashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti v.b. Xvan Gyo An bayonot berdi.
"THAAD batareyasini joylashtirish – milliy xavfsizlik va fuqarolarimizni Pxenyanning raketa-yadro tahdididan himoya qilishda hayotiy muhim chora hisoblanadi", - degan Xvan Gyo An.
Uning yana bir marta qayd etishicha, bu qadam "uchinchi mamlakatlarga xavf solmaydi". Prezident, shuningdek, raketalarga qarshi majmuani joylashtirish bo‘yicha ishlar muddati yaqinlashgani sayin "Xitoy tomonining qarshiligi kuchayishi" ehtimolini rad etmadi. Shu munosabat bilan, rasmiy Seul "Pekin harakatlarini diqqat bilan kuzatadi va aloqa kanallarini ochiq qoldiradi".
"Biz vaqti kelganida zaruriy choralar ko‘ramiz", - deb ta'kidlagan Xvan Gyo An.
THAAD RQM ko‘chma majmualari Janubiy Koreyaning Sonju shahrida 2017 yil iyuligacha joylashtiriladi. Garchi Seul va Vashington bu tizimlar bevosita Pxenyan tahdidiga qarshi qaratilganini uqdirayotganiga qaramay, Xitoy hamda Rossiya bunday choralarga umuman qarshi chiqmoqda.
Avvalroq, XXR THAAD majmualari joylashtirilishiga qarshi chora sifatida xitoylik sayyohlarning Janubiy Koreyaga sayohat qilishlariga cheklovlar kiritgani haqida xabar qilingan edi. Bu esa Koreya respublikasini 9,6 mlrd dollarlik daromaddan mahrum etishi mumkin.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026